Navoiyda ayol sudyalar eʼtirof etildi
2026-03-10 12:55:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda Navoiy viloyati sud tizimida jami 72 nafar sudya faoliyat yuritmoqda. Ularning 10 nafari ayol sudyalar boʻlib, ular adolatni taʼminlash, fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish yoʻlida masʼuliyat bilan xizmat qilmoqda. Yuksak bilim, xolislik va qatʼiyat talab etadigan ushbu kasbda ayollarning munosib oʻrin egallayotgani jamiyatimizda gender tenglik va huquqiy madaniyat yuksalayotganidan dalolat beradi.
Xalqaro ayol sudyalar kuni munosabati bilan viloyat sudida ayol sudyalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Malika Mamadiyarova ishtirok etib, ayol sudyalarni bayram bilan samimiy tabrikladi.
Uchrashuvda ayol sudyalarning adolatni taʼminlash, jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi xizmatlari alohida eʼtirof etildi.


