Bemor ayollarga bayramona e’tibor
2026-03-08 11:20:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidov boshchiligida bir guruh mas’ullar tuman Tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida shifoxonada davolanayotgan bemor ayollar holidan xabar olinib, ularga bayram munosabati bilan samimiy tilaklar bildirildi. Bayram kunlarida shifoxonada davolanayotgan bemorlarga sog‘lik-salomatlik, tezroq shifo topish tilab, ularga e’tibor va e’zoz ko‘rsatildi.
Shuningdek, shifoxonada faoliyat yuritayotgan shifokor va hamshiralar ham bayram bilan tabriklandi. Bayram va dam olish kunlarida ham xalqimiz salomatligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlariga alohida minnatdorlik bildirildi.
Ko‘rsatilgan e’tibor va samimiy tabriklar shifoxonada davolanayotgan bemorlar hamda tibbiyot xodimlarining kayfiyatini yanada ko‘tarib, ularning ko‘ngliga quvonch bag‘ishladi.



