“Yashil makon” — yurtimizni ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan muhim tashabbus
2026-03-09 14:10:00 / Ekologiya
Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan Navoiy viloyati bojxona xodimlari tomonidan Karmana tumani "Navoiy erkin iqtisodiy zonasi" hududida “Bojxona bog‘i” barpo etilgan.
Bojxona xodimlari tomonidan “Bojxona bog‘i” hududida obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilib, daraxt hamda manzarali ko‘chatlar ekish ishlari olib borildi. Xususan, viloyat iqlim sharoitiga mos bo‘lgan jami 500 tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Mazkur tashabbus atrof-muhitni yanada sog‘lomlashtirish, aholi uchun qulay va obod hududlar yaratish, shuningdek yashil maydonlarni kengaytirishga xizmat qiladi.


