Tabiiy gaz va elektr energiyani iqtisod qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2026-03-06 11:25:00 / Yangiliklar
Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Navoiy hududiy filialida tabiiy gaz va elektr energiyani iqtisod qilish, yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Normat Tursunov, sohadagi tegishli mas’ullar ishtirok etib, bu yo‘nalishda amalga oshirilgn ishlar va kelgusi vazifalar xususida taqdimot qilishdi.

Viloyat rahbari taqdimotlar bilan tanishar ekan, yirik sanoat korxonalarida zamonaviy tejamkor uskunalarni o‘rnatish, energiya isrofini kamaytirish zarurligini ta’kidladi.
Ishxonalar va uy-joylarda energiyani tejash madaniyatini oshirish ham muhimligi hamda elektr va gazni behudaga yoqib qo‘ymaslik, quyosh panellari va boshqa muqobil manbalardan foydalanish ham ancha hajmni tejashligi aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, energotejamkorlikka ilmiy jihatdan yondoshuvga e’tibor qaratilib, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining professor-o‘qituvchilari, olimlar ham jalb qilinadi.




