“Kelajak soati” mashg‘uloti “Muqaddas ayol” mavzusiga bag‘ishlandi
2026-03-02 13:00:00 / Ta'lim
Yosh avlod qalbida ayol zotiga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlash, onalik sha’nini ulug‘lash hamda ayolning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rnini teran anglatish maqsadida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Muqaddas ayol” mavzusiga bag‘ishlandi.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova Navoiy shahridagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar uchun “Kelajak soati” dars mashg‘ulotini olib bordi.
Mazkur dars davomida o‘quvchilarga ayol — jamiyatning ma’naviy tayanchi, oilaning mustahkam ustuni, kelajak avlodni tarbiyalovchi buyuk zot ekani atroflicha tushuntirildi. Ona siymosi orqali insonparvarlik, mehr-oqibat, sabr-toqat, fidoyilik va vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlarning mazmun-mohiyati ochib berildi.



