Navoiyda Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati quriladi
2026-02-27 13:20:00 / Ta'lim
Ayni paytda Navoiy shahri, "Yoshlik" MFY hududida 504 o‘rinli Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati qurilmoqda.

Shuningdek, maktab bilan birga, 222 o‘rinli yotoqxona va 18x30 metr o‘lchamdagi sport zali qurilishi ham amalga oshirilmoqda. Ushbu ob’yekt qiymati 36,2 mlrd.so‘mni tashkil etadi.
Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov qurilish jarayonlari bilan tanishish maqsadida ushbu manzilda bo‘ldi.


