Matbuot anjumanida Qaror targ‘iboti
2026-02-17 11:15:00 / Matbuot anjumanlari
Ayni damda Navoiy viloyati hokimligida tuman va shahar hokimliklari, korxona, tashkilot va boshqarmalar matbuot kotiblari, jurnalist va blogerlar ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-58-sonli Qarorining aholi o‘rtasida keng targ‘ibotini amalga oshirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari, soha xodimlari ishtirokida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ham muhokama etilyapti.



