Navoiy viloyatining turizm salohiyati tahlil etildi
2026-02-11 14:20:00 / Turizm

Dastlab Respublika ishchi guruhi a’zolari Konimex tumani Yangiqazgan ovulida bo‘lib, hududni “turizm ovuli”ga aylantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqdi. Unda Konimex tumanining bugungi turizm salohiyati, rejalashtirilayotgan yangi loyihalar hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.
Shuningdek, ishchi guruh a’zolari Nurota tumanida bo‘lib, hududning tarixiy-madaniy obidalari, tabiiy-rekreatsion zonalari, ziyorat va ekoturizm yo‘nalishlaridagi imkoniyatlari, mavjud infratuzilma hamda istiqbolli loyihalar bo‘yicha taqdimotda ishtirok etdi. Taqdimot davomida yangi turizm yo‘nalishlarini shakllantirish, servis xizmatlarini kengaytirish, oilaviy mehmon uylari faoliyatini rivojlantirish va mahalliy aholi bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


