Normat Tursunov Ruminiyaning “Remarkable Consulting” kompaniyasi ijrochi direktorini qabul qildi
2026-01-27 21:55:00 / Yangiliklar
Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Ruminiyaning “Remarkable Consulting” kompaniyasi ijrochi direktori Aleksandru Borza va kompaniya menedjeri Vasile Bortalar bilan uchrashdi.

Mazkur kompaniya Navoiy viloyatida yuk avtomobili haydovchilarini Kod 95 va Yevropa standartlari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish loyihasini amalga oshirishni maqsad qilgan.
Buning uchun “Remarkable Consulting” kompaniyasi malakali instruktorlarini ikki haftalik o‘quv kurslari o‘tkazish uchun O‘zbekistonga yuboradi.
Dastlabki o‘quvlarga 50 nafar talabgorlarni jalb qilish rejalashtirilgan, yil davomida esa 300 nafar fuqaroni o‘qitib, xorijda ish faoliyati yuritishga yuborish ko‘zda tutilgan.


