Navoiy shahridagi Prezident maktabi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi
2026-01-14 18:55:00 / Ta'lim
Avvalroq, Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Nurafshon, Buxoro va Jizzax shaharlaridagi Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashi (CIS) a’zoligiga qabul qilingan edi. Endi esa bu ro‘yxatga Navoiy shahridagi Prezident maktabi ham qo‘shildi!

Bu a’zolik nafaqat ta’lim muassasasining xalqaro miqyosda tan olinganidan darak beradi, balki o‘quvchilarimizga chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyatini yanada kengaytiradi.
