Navoiy viloyati hokimligida soha xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
2026-01-14 16:50:00 / Yangiliklar
Shu kunlarda xalqimiz va mamlakatimiz yana bir qutlug‘ sanani bayram qilmoqda. Ya’ni, Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.

Bugun Navoiy viloyati hokimligida soha xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimiz tinchligi, chegaralarning daxlsizligi, xalqimizning osoyishta hayotini ta’minlashdagi xizmatlari uchun bir guruh Vatan himoyachilari taqdirlandi.
Tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, epchil, jonkuyar, vatan oldidagi burchini sadoqat bilan bajarayotgan harbiy xizmatchilarni tabrikladi.





