NAVOIY FUTBOL AKADEMIYASI TARBIYALANUVCHILARI — OSIYO KUBOGIDA
2026-01-07 16:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov yoshlar o‘rtasidagi U-23 Osiyo kubogi uchun jamoaning yakuniy tarkibini e’lon qildi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqadagi ishtirokini 7 yanvar kuni Livan terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Quvonarlisi shundaki, ushbu nufuzli musobaqada Navoiy viloyati futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari — Gʻiyosjon Rizaqulov hamda Ozodbek Ergashovlar O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etadi.
Futbolchilarimizga mas’uliyatli bellashuvlarda omad, barqaror o‘yin va yuqori natijalar tilaymiz.


