Navbahorda granit sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-01-04 16:40:00 / Yangiliklar

O‘rganish jarayonida granit qazib olish, uni qayta ishlash va tayyor mahsulot holiga keltirish bosqichlari tahlil qilinib, sohada zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, mahsulot sifati va hajmini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokimi korxona faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahsulotlarni tashqi bozorlarga yo‘naltirish orqali eksport salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi. Shuningdek, investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, infratuzilmani yaxshilash va logistika masalalarini hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Mazkur tashabbuslar Navbahor tumanida sanoat salohiyatini oshirish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash va hudud iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.



