“Zakovat” arenada tog‘-kon va geologiya sohasi bilimdonlari bellashdi
2025-11-05 16:25:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada 22 ta korxona va tashkilotdan 52 ta jamoa ishtirok etdi. Yakunda faxrli o‘rinlarni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning “Alfa” hamda “O‘zmetkombinat” AJ jamoalari egalladi. Asosiy g‘olib – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining “NDKTU-1” jamoasi bo‘lib, ularga diplom, sovg‘alar hamda “Zakovat” kubogi topshirildi.
Tadbir do‘stlik, bilim almashish va hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarning tafakkurini boyitishga xizmat qildi.







