Kon-geologiya vazirligida tanqidiy-tahliliy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2025-10-31 14:15:00 / Yangiliklar
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida joriy yil 27-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida oʻtkazilgan 2026-yil uchun moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar muhokamasi yuzasidan kengaytirilgan yigʻilishdagi topshiriqlar ijrosini taʼminlashga bagʻilshlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Vazir oʻrinbosari U. Yusupov boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilishda Hisob palatasi bosh inspektori Sh. Axmedov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi katta taftishchisi F. Xolov hamda vazirlik tizim tashkilotlari rahbarlari qatnashdilar.
Yigʻilishda 2025-yil uchun belgilangan maqsadli indikatorlarni soʻzsiz bajarish, 2026-yil uchun rejalarni aniq belgilash, sohada yashirin iqtisodiyotni kamaytirish hamda tizimda tannarxni kamaytirishga, asossiz xarajatlarga yoʻl qoʻymaslikka xususan davlat xaridlarini qatʼiy nazoratga olish choralarini koʻrish topshirildi.






