Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan seminar oʻtkazildi
2025-10-30 17:35:00 / Yangiliklar

Kon-geologiya vaziri maslahatchisi M. Pirojkov rahbarligidagi mazkur tadbirda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi departament, boshqarma va boʻlim rahbar xodimlari hamda tizimosti korxonalarining Komplayens tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmat akademiyasi dotsenti, siyosiy fanlari doktori Z.Toshev “Zamonaviy dunyoda va xususan Oʻzbekistonda korrupsiya va xufiyona iqtisodiyot bilan bogʻliq muammolar” mavzusida maʼruza qildi.
Ma’ruzachi korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, shu jumladan, jinoiy, maʼmuriy va intizomiy javobgarliklar hamda jazo turlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi, bugungi kunda xufiyona iqtisodiyot bilan bogʻliq umumjahon muammolari va tahdidlari, shakllari va oqibatlarini ayrim misollar yordamida tushuntirib berdi.





