Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida seminar o‘tkazildi
2025-09-25 17:40:00 / Yangiliklar

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ijro apparati hamda 20 dan ortiq tizimosti korxonalarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Dastlab Kon-geologiya vaziri maslahatchisi M. Pirojkov yig‘ilish ishtirokchilariga vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi N. Samandarova mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan islohotlar, ko‘rilayotgan choralar va korrupsiyani oldini olishda jahon tajribasi haqida ma’ruza qildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 5-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan asosiy vazifalar, preventiv chora-tadbirlar samaradorligini oshirish masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir yakunida mavzuga oid dolzarb masalalar bo‘yicha ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.




