MRI delegatsiyasi FLSmidth Minerals Testing and Research Center (MTRC) markazi faoliyati bilan tanishdi
2025-09-22 17:15:00 / Yangiliklar
“Mineral resurslar instituti” DM direktori M.Isoqov rahbarligidagi bir guruh mutaxassislar AQShning Solt-Leyk-Siti shahrida xizmat safarida boʻlib, dunyoda eng ilgʻor mineralogik va metallurgiya sinov markazlaridan biri sanaladigan FLSmidth Minerals Testing and Research Center (MTRC) faoliyati bilan tanishishdi.

Shuningdek, safar davomida 2024-yilda ishga tushirilgan Global PerformanceIQ Hub imkoniyatlari ham oʻrganildi.
Budan tashqari, institut vakillari Flotatsiya texnologiyalari (Lance Christodoulou, GPLM), thickening texnologiyalari (Craig Gilbert, GPLM) va filtratsiya texnologiyalari boʻyicha (Alan Camomille, GLPM) sessiyalarda ishtirok etishdi.







