NDKTU dotsenti respublika muhandislik ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni egalladi
2025-09-16 17:50:00 / Yangiliklar
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti dotsenti Asliddin Shodiyev respublika muhandislik ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va “Prezident sovg‘asi” — BYD avtomobiliga ega bo‘ldi.

A.Shodiyev poliuretan chiqindilarini qayta ishlash usuli bo‘yicha xalqaro patent muallifi sanaladi.
“NKMK” AJ negizida mazkur ixtiro asosida har oyda o‘rtacha 20 tonnaga yaqin chiqindi qayta ishlanib, sanoat uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

