Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida tadbir o‘tkazildi
2025-09-15 17:50:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 15-sentabr kuni Kon-geologiya vazirligi markaziy apparati xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida tadbir o‘tkazildi.

Unda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Sh.Sag‘dullayev korrupsiya tushunchasi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, davlat xizmatchisi tomonidan qonunchilik normalarining buzilishi uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi mumkinligi haqida ma’ruza qildi.
Shuningdek, tadbirda xodimlar tomonidan ijtimoiy korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiya holatlariga duch kelganda zudlik bilan vazirlik rahbariyati yoki Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limiga xabar berish zarurligi qayd etildi.




