Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xotin-qizlari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi
2025-09-04 16:35:00 / Yangiliklar
2025-yil 4-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xotin-qizlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkillashtirildi.

Tadbirni vazir o‘rinbosari U.Yusupov ochib berdi va musobaqa qatnashchilariga omad tiladi. Ishtirokchilar qur’a tashlash marosimidan keyin badminton hamda estafeta bahslarida o‘zaro raqobatlashdilar.
Yakunda sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.









