“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
2025-08-08 15:35:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi va uning tizimidagi korxonalar xodimlari uchun Geologiya fanlari universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi I.Maʼrupov ishtirok etdi.

Suhbat davomida diniy ekstremizmning xavflari va uning oldini olish yo‘llari, mutaassiblikning jamiyatga ta’siri va bu illatga qarshi ma’rifat, ilm-fanning o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bugungi kunda yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mafkuraviy tahdidlar va ularni oldini olish masalalari haqida atroflicha tushunchalar berib o‘tildi. Ma’naviy barkamollikka eltuvchi yo‘ldagi eng asosiy sifatlar va jihatlarga oid tajribaviy-tavsiyaviy xarakterdagi ma’lumotlar ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.






