O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida geologiya sohasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-08-07 15:35:00 / Yangiliklar
"Uzbek Overseas Geology Company" MChJ va Mo‘g‘ulistonning "Mon-Atom" kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda geologik ma’lumotlar asosida maydonlar chegaralarini aniqlashtirish, qidiruv olib boriladigan hudud nuqtalariga o‘zgarishlar kiritish, qo‘shimcha geologik izlanishlar uchun yangi perspektiv maydonlarni taqdim etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ushbu ishlar 2025-yilning noyabr oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.
Ushbu taklif va tashabbuslar O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi geologiya sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.


