Schlumberger kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan muloqot haqida
2025-08-06 17:50:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, "O‘zbekgeofizika" AJ rahbariyati va Schlumberger xalqaro servis kompaniyasi vakillari o‘rtasida videokonferensaloqa tizimi orqali uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda seysmik qidiruv ma’lumotlarini qayta ishlash va talqin qilish sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar tajriba almashinuvi, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va O‘zbekistondagi geofizik tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan hamkorlikni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.


