O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasining navbatdagi II Qurultoyi haqida
2025-08-01 16:10:00 / Yangiliklar

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, senator, “Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalari bosh muharriri H.Ermatov, Geologiya fanlari universiteti rektori A.Kadrixodjayev va boshqa mas’ullar ishtirok etishdi.
Unda, Respublika Kengashining 5 yillik faoliyati bo‘yicha hisobot tinglandi. Hisobot yuzasidan o‘tkazilgan qizg‘in muhokamalarga ko‘ra Kengash faoliyati delegatlar tomonidan bir ovozdan “qoniqarli” deb topildi.
Hisobot davri uchun Taftish komissiyasi tomonidan tayyorlangan hisobot ham delegatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi. Shuningdek, Qurultoy kun tartibidan o‘rin olgan tarmoq kasaba uyushmasining 2026 – 2030-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar dasturi hamda yangi tahrirdagi Ustavi tasdiqlandi.
Respublika Kengashi raisi va raisning o‘rinbosarlari, kasaba uyushmasi Respublika Kengashining tarkibi, 5 nafardan iborat tarkibda Taftish komissiyasi va Taftish komissiyasining raisi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qurultoyiga tarmoq kasaba uyushmasidan ishtirok etish uchun delegatlar hamda Federatsiyaning Bosh Kengashi tarkibiga vakillar saylab olindi.






