Iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha Prezident maslahatchisi bilan uchrashuv
2025-07-31 18:55:00 / Yangiliklar
2025-yil 31-iyul kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi S.Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mehmon tomonga sohada olib borilayotgan islohotlar va rejalar haqida ma’lumot berildi. Xususan, “Qazib oluvchi tarmoqlarda oshkoralik tashabbusi” (EITI) bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tadbir davomida Kon-geologiya vazirligi O‘zbekistonning qazib olish tarmoqlarida shaffoflik tashabuslariga qo‘shilishini tahlil qilish, shuningdek bu boradagi zarur chora-tadbirlar va islohotlar to‘g‘risida fikr almashildi.


