Situatsion markaz faoliyati o‘rganildi
2025-07-30 18:35:00 / Yangiliklar

Markaz 2024-yilda imzolangan qo‘shma qaror asosida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi — budjet mablag‘laridan samarali foydalanish va daromadlarning to‘liqligini real vaqt rejimida monitoring qilishdir. “Masofaviy audit”, “Davlat auditi” shuningdek “UzASBO” dasturlari orqali tizim tashkilotlarining shtat jadvali, ish haqi, tushum va xarajatlar ustidan nazorat olib borilmoqda.
Markazda ichki audit milliy sertifikatiga ega 2 nafar auditor hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi rahbari faoliyat yuritmoqda.
A.Allaberganov tomonidan “Situatsion markaz” orqali kelayotgan risklar chuqur tahlillar asosida o‘rganilishi hamda ichki audit va boshqa nazorat tadbirlarida aniqlanayotgan kamchiliklarni yo‘nalishlar kesimida risk ko‘rinishida “Masofaviy audit” AATga qo‘shish yuzasidan Hisob palatasiga takliflar kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


