Yer qa’ri fondini yuritish va geologik ishlarni davlat hisobiga olish tartibi belgilandi
2025-07-29 18:55:00 / Yangiliklar

2025-yil 26-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 467-sonli qaroriga muvofiq, Respublikada geologik-qidiruv faoliyati shaffofligini ta’minlash va yer qa’ri fondini yuritish tartibini takomillashtirishga qaratilgan yangi nizomlar tasdiqlandi.
Qarorga binoan, yer qa’ri davlat fondi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi "Yer qa’ridan foydalanish markazi" davlat muassasasi tomonidan yuritiladi. Fond tarkibiga yer qa’rini o‘rganish bilan bog‘liq kadastr va axborot resurslari kiritiladi.
Qarorga muvofiq ikki asosiy tartib hujjati tasdiqlandi: yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajariladigan geologik ishlarni davlat hisobiga olish tartibi, shuningdek, yer qa’ri fondi kadastrini yuritish tartibi. Har ikki tartibda “Geomonitoring” axborot tizimidan foydalanish, uni Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimi bilan integratsiyalash ko‘zda tutilgan.
Mazkur chora-tadbirlar yer qa’ridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, geomonitoring samaradorligini oshirish hamda geologik-qidiruv sohasida yagona raqamli platformani shakllantirishga xizmat qiladi.
