Konchilik sanoati texnogen chiqindilardan foydali komponentlarni ajratib olish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
2025-07-28 12:00:00 / Yangiliklar
Geologiya fanlari universiteti, “MRI” DM va “O‘zTMK” AJ rahbar hamda mutasaddilari Navoiy viloyatiga xizmat safarini amalga oshirib, "NKMK" AJ vakillari bilan texnogen chiqindilarni ilmiy asoslangan texnologiyalar orqali o‘rganish masalalarini muhokama qildilar.

Dastur doirasida “NKMK” AJ mutaxassislari bilan birgalikda 3-GMZ chiqindixonalariga borilib, loyiha bo‘yicha amalga oshiriladigan burg‘ilash va namunalash ishlari muhokama qilindi hamda keyingi bosqichlar rejalashtirildi.



