Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yana bir yirik loyiha amalga oshirilmoqda
2025-07-24 15:00:00 / Yangiliklar
"OKMK" AJda yana bir loyiha – Rux zavodining 6-Sulfat kislota ishlab chiqarish sexini qurish ishlari yakunlanmoqda.

Obyektni qurish ishlari, jumladan uskunalarni o‘rnatish va montaj qilish kombinatning “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti hamda ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Germaniyaning Metso-Outotec kompaniyasi esa EPS shartnomasi asosida texnologik uskunalar va jihozlarni yetkazib bermoqda.
Mazkur loyiha, “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish doirasida amalga oshirilayotgan boshqa strategik tashabbuslar bilan bir qatorda, O‘zbekistonda sulfat kislotasi ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirish hamda mamlakatning jahon bozoridagi o‘rnini mustahkamlash imkonini beradi.



