“O‘zbekiston Metallurgiya uyushmasi” rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-07-18 19:50:00 / Yangiliklar
2025-yil 18-iyul kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev, vazir o‘rinbosari U. Yusupov va vazirlik mutasaddilari “O‘zbekiston Metallurgiya uyushmasi” rahbari G.Tojimirzayeva bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda Respublikada qora metallurgiya sanoatidagi mavjud muammolar va ularning yechimlari hamda qora metallurgiya sanoatining rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Tadbir so‘ngida har ikkala tomon qora metallurgiya sanoatining rivojlanishi hamda Xalqaro sohada, investisiya loyihalarida hamkorlik, shuningdek chet ellik hamkorlar bilan birgalikdagi loyihalar tuzish yuzasidan fikr almashdilar.


