Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimlari uchun Fargʻona viloyatiga sayohat tashkil etildi
2025-07-14 15:00:00 / Yangiliklar
2025-yil 12–13-iyul kunlari Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimlari uchun Fargʻona viloyatiga sayohat tashkil etildi.

Dastur doirasida ishtirokchilar qator tarixiy va madaniy obyektlari, jumladan, Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon saroyi, Qo‘qon jome masjidi, Hukmdorlar maqbarasi, Marg‘ilon shahridagi «Kaptarli Mozor» masjidi hamda Skobelev rezidensiyasini ziyorat qildilar.








