NKMKda o‘tkazilgan matbuot anjumani xususida
2024-02-22 20:45:00 / Matbuot anjumanlari

Tadbirda kombinat mas’ullari tomonidan bugungi kunda NKMK transformatsiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri korxonaning ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga raqamlashtirishni keng joriy etish ekanligi, bu borada “Boston Consulting Group” (BSG) xalqaro konsalting kompaniyasi vakillarini jalb qilgan holda 12 ta yo‘nalishdan iborat raqamli transformatsiya dasturi amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Shu bilan birgan oxirgi uch yilda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi mutaxassislari tomonidan 200 ga yaqin ishlab chiqarish va boshqaruv vazifalarini bajaradigan 20 dan ortiq axborot tizimlari ishlab chiqilgani aytib o‘tildi.
Axborot tizimlari takomillashtirilishi (korxona resurslarini boshqarish (ERP), transport boshqaruvi, yangi 4 ta axborot tizimi (xodimlarni boshqarish HCM, xaridlarni boshqarishni biznes-tahlil tizimi BI, loyihalarni boshqarish tizimi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasini raqamlashtirish (ESG) joriy etilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, tadbirda OAV vakillari va jurnalistlarning savollariga atroflicha javoblar berildi.

