Ijro intizomi – islohotlarning poydevori
2025-07-08 14:50:00 / Yangiliklar
"Yangi O‘zbekiston" gazetasida chop etilgan maqolada Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobir Islamov ijro intizomini amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini belgilaydigan asosiy omil sifatida qayd etdi. Vazir fikricha, har qanday qarorning qiymati uning amalda qanday ijro etilgani bilan baholanadi.

Maqolada ta’kidlanishicha, vazirlikda ish yuritish jarayonlari raqamlashtirilib, elektron hujjat aylanishi va “Ijro.gov.uz” orqali markazlashgan nazorat tizimi joriy etilgan. Mas’ullarning shaxsiy KPI ko‘rsatkichlari orqali baholanishi, kechiktirilgan yoki bajarilmagan topshiriqlar uchun intizomiy choralar ko‘rilishi qat’iy tartibga solingan.
