Ag‘iin sho‘rida dala ishlari davom etmoqda
2025-07-04 12:00:00 / Yangiliklar

Qo‘ng‘irot loyihasi bo‘yicha Ag‘iin sho‘rida portlatish usuli bilan olib borilayotgan seysmik-qidiruv ishlarini o‘rganish maqsadida “O‘zbekgeofizika” AJ “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filialining doimiy harakatdagi komissiyasi 2-sonli seysmik-qidiruv partiyasi faoliyatini bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.
Jarayon davomida geologik jihatdan murakkab hudud hisoblangan Ag‘iin sho‘rida olib borilayotgan dala ishlari, xodimlar uchun yaratilgan mehnat va dam olish sharoitlari, o‘tkazilgan tajriba ishlarining natijalari, seysmik ma’lumotlarning sifati, shuningdek, sanoat xavfsizligi hamda mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilish holatlari atroflicha o‘rganildi.
Monitoring yakunida komissiya tomonidan Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


