Angren shahrida ekologik muammolarni o‘rganish bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi
2025-07-02 18:30:00 / Yangiliklar

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U. Yusupov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Angren shahrining “8-Mart”, “Xakkarman–Yangi Jigariston”, “Do‘stlik” va “Mustaqillik” mahallalarida istiqomat qilayotgan aholining ekologik muammolarini o‘rganishga qaratilgan sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi bilan bevosita muloqotlar tashkil etilib, har bir xonadonga tashrif buyurildi. Fuqarolarning yashash sharoitlari, ekologik holat bilan bog‘liq muammolari va mavjud ehtiyojlari batafsil o‘rganildi.
O‘rganishlar yakunida aholining ekologik farovonligini ta’minlash, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan kompleks harakatlar rejasi ishlab chiqildi.






