Sumitomo Corporation kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-06-17 16:15:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Yaponiyaning Sumitomo Corporation kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, Mahalliylashtirish markazi va Sumitomo Corporation o‘rtasida loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikni mustahkamlash haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, Sumitomo Corporation vakillari tomonidan kompaniya faoliyati, ishlab chiqariluvchi mahsulotlar yuzasidan taqdimot qilindi.


