TXIF-2025: “O‘zbekiston muhim xomashyolar uchun strategik xab sifatida: qiymat zanjiri bo‘yicha investitsiyaviy imkoniyatlar” panel sessiyasi
2025-06-12 10:00:00 / Yangiliklar

Sessiyada O‘zbekistonning boy mineral bazasi va strategik joylashuvi uni muhim xomashyo uchun rivojlanayotgan markazga aylantirishi hamda mamlakat tog‘-kon sanoatidan tortib, ishlab chiqarishgacha bo‘lgan qo‘shilgan qiymat zanjirida o‘sib borayotgan investitsiyaviy imkoniyatlar muhokama qilindi.
Vazirning birinchi o‘rinbosari o‘z nutqida YTTB ekspertlari bilan hamkorlikda “Yer qa’ri to‘g‘risidagi” yangi tahrirdagi qonun ishlab chiqilgani, qabul qilingani bu orqali qonunchilik bazasi sezilarli darajada mustahkamlanganini va “prezidentning xalqaro forumdagi tashabbusi bilan keyingi 10 yil ichida kompaniyalarga qaytariladigan foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun maxsus soliq pozitsiyani yanada raqobatbardosh qilishini” ta’kidladi.
Shuningdek, panel sessiya davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan savol-javob va muhokamalar olib bordi.




