Kon-geologiya vazirligi tarmoq korxonalari TXIF-2025 ko‘rgazmasida ishtirok etishmoqda
2025-06-11 17:35:00 / Yangiliklar
Markaziy Osiyo ko‘rgazma markazida (CAEx) o‘tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi davomida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tarmoq korxonalari xalqaro ekspertlar va forum ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi.

Xususan, ko‘rgazmlarda “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ, “Navoiyuran” DK hamda “O‘zmetkombinat” AJ stendlari bilan ishtirok etishdi.




