“GIDROINGEO instituti” DM: Daugiztau va Ko‘kpatas dala ekspeditsiyalari obyektlarida gidrogeologik va muhandis-geologik tadqiqotlar amalga oshirildi
2025-06-05 15:35:00 / Yangiliklar
“Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasining “Tog‘-kon ishlarida gidrogeologik va muhandis-geologik tadqiqotlar” laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan Navoiy viloyatida joylashgan Daugiztau va Ko‘kpatas dala ekspeditsiyasiyalari obyektlarida gidrogeologik va muhandis-geologik tadqiqot ishlari olib borildi.

Mazkur ishlar Qizilqum Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Tadqiqotlar doirasida dala sharoitida bir qator geologik burg‘i quduqlarida kern namunalari o‘rganildi, quduqlarda yer osti suv sathi va suv sarfini o‘lchash ishlari bajarildi. Shuningdek, ushbu quduqlardan hamda kanavalardan kern va monolit namunalari olinib, ularning fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash maqsadida laboratoriya tahlillariga yuborildi.
Tadqiqotlarning asosiy maqsadi – kon hududidagi gidrogeologik va muhandis-geologik sharoitlarni o‘rganish, konlarni qazib olish va o‘zlashtirishda gidrogeologik va muhandis-geologik ta’sirini baholashdan iborat.


