“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ: Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasining Oqtuproq uchastkasida geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda
2025-06-05 14:35:00 / Yangiliklar
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasi hozirgi kunda Qayrag‘och ma’danli maydonining Oqtuproq uchastkasida keng ko‘lamli geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirmoqda.

Kelgusida ushbu hududda topilgan minerallar asosida yangi konlarni rivojlantirish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan, bu esa mintaqa iqtisodiyotining yanada barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.



