Xitoyning Shandun provinsiyasi vitse-gubernatori boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-06-03 17:55:00 / Yangiliklar
2025-yil 3-iyun kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev hamda vazirlik mutasaddilari, Xitoyning Shandun provinsiyasi vitse-gubernatori Son Syunszi boshchiligidagi delegatsiya, Shandong Gold Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbirda geologiya, metallurgiya, tog‘-kon sanoati yo‘nalishlaridagi hamkorlik, Samarqandda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Xitoy ikkinchi hududlararo forumi, istiqbolli investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
Shuningdek, muzokaralardan keyin Kon-geologiya vazirligi, Shandun provinsiyasi geologiya qidiruv va mineral resurslarni o‘zlashtirish byurosi hamda Shandong Gold Group kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.



