AOKAda bo‘lib o‘tgan brifing haqida
2025-06-03 17:30:00 / Yangiliklar

Qayd etilishicha, 2024-yilda respublikamiz hududlarining 75,0 ming kv km maydonining (Janubiy O‘zbekiston) 1:200 000 masshtabdagi raqamli geologik xaritalari tuzildi, 6 ming kv km maydonda (Molguzar va Hisor) kompleks kosmogeologik va geokimyoviy tadqiqotlar o‘tkazilib, maydonlarning yangilangan tektonik-strukturaviy sxemalari va ko‘p maqsadli geokimyoviy xaritalari yaratilgani.
Bundan tashqari Ovminzatog‘, Beltog‘, Tomditog‘, Aristantog‘, Sangruntog‘, Yakkabog‘, Hisor va Quljuqtog‘ tog‘larining 3,5 ming kv km ga teng maydonida 1:50000 masshtabdagi mukammal geologik qayta o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada 8 ta foydali qazilma turlari bo‘yicha 42 ta istiqbolli maydonlar ajratildi.
2025-yil boshidan beri Davlat dasturi doirasida 154 ta geologik loyiha bo‘yicha geologiya qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yil yakunida respublika hududining 1:200 000 masshtabda to‘liq raqamli geologik xaritalar to‘plami yaratilishi hamda 3 ming kv km hududlarida mukammal kosmogeologik va geokimyoviy tadqiqotlar tugatilishi rejalashtirilgan.
