“Kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yoʻnalishlari” mavzusida oʻquv seminari o‘tkazildi
2025-06-02 15:15:00 / Yangiliklar
“Togʻ-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” DM tomonidan Kon-geologiya vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun 28 – 30-may kunlari “Kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yoʻnalishlari” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda professor Toshev Boboqul Norqobilovich, dotsent To‘xtaboyev Xayrullo Nosirovich va boshqa mutaxassislar tomonidan maʼruzalar qilindi.
Seminar yakuni bo‘yicha kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.


