Kon-geologiya vazirligida tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi
2025-05-30 17:25:00 / Yangiliklar
2025-yil 30-may kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida oltin izlovchilar usulida qimmatbaho metallarni qazib olish faoliyatini yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi rahbariyati, tadbirkorlik subyektlari vakillari, “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM rahbariyati, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.
Tadbirkorlarning muammolari eshitildi, oltin izlovchilar usulida qimmatbaho metallarni qazib olish faoliyatini yanada takomillashtirish, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarishda davlat bilan hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha takliflari muhokama qilinib, mutasaddilar hamda tadbirkorlar muloqoti izchil davom ettirilishi ta’kidlab o‘tildi.









