Solvay Vostok kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-05-29 12:15:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazir o‘rinbosari U.Yusupov va Solvay Vostok vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Geologiya fanlar universitetining Mineral resurslar instituti, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ kabi tizimosti korxonalar bilan amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Solvay Vostok kompaniyasining “Tog‘-kon sanoatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” DM bilan ikki tomonlama hamkorligini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.




