AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumani xususida
2025-05-28 14:05:00 / Matbuot anjumanlari

Tadbirda spikerlar sifatida vazir o‘rinbosari R.Yusupov, bo‘lim boshlig‘i N.Po‘latov, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari O.Zaripov, jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Spikerlar yer osti suv resurslarini muhofaza qilish, ularning kamayib ketishini oldini olish, tadbirkorlik subyektlarining suvga quduqlar burg‘ilash bilan bog‘liq faoliyatini tartibga solish, shuningdek, suv hisobini yuritish mexanizmini yana-da takomillashtirish maqsadida 2025 yil 5 mayda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingani, mazkur qonunning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Qonunga muvofiq yer osti suvlariga quduqlarni qonunga xilof ravishda burg‘ilash va xavfli geologik jarayonlarning oldini olishga doir ko‘rsatmalar talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikni, yer osti suvlari suv o‘lchash uskunalarisiz olinganda soliqni belgilangan soliq stavkasining besh baravari miqdorida undirishni hamda yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnomani berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani qayd etildi.
Shuningdek, vazirlik rahbariyati va mutasaddilar matbuot anjumani ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi.


