Turkiy davlatlar Savdo-sanoat palatalari Ittifoqi bosh kotibi rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-05-26 17:45:00 / Yangiliklar
2025-yil 26-may kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari O. Nasritdinxodjayev boshchiligida Turkiy davlatlar Savdo-sanoat palatalari Ittifoqi bosh kotibi Adem Kula boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda delegatsiya tarkibidagi bir qator xorijiy kompaniyalar vakillari o‘z taqdimotlarini namoyish qilishdi.
Tashrif doirasida “NKMK” AJ hamda “OKMK” AJ rahbarlari va mutasaddilari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazilishi, shuningdek o‘zaro muloqot davomida ikki tomonning samarali hamkorligi davom etishi ta’kidlandi.




