Muhim minerallar bo‘yicha “C5+1” formatidagi muloqotning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
2025-05-23 14:25:00 / Yangiliklar
“C5+1” (Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari) formati ishtirokchi – davlatlarining “Muhim minerallar bo‘yicha muloqoti”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston nomidan Kon-geologiya vaziri o‘rinbosari R.Yusupov boshchiligida vazirlik rahbar xodimlari hamda “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ vakillari ishtirok etdi.
Onlayn muloqot ikkinchi marta tashkil etilgan bo‘lib, yig‘ilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan AQSh bilan sanoat uchun muhim minerallar sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda uni rivojlantirish yuzasidan bir qator tashabbuslar ilgari surilib, investitsiya loyihalari taklif etildi.

