“O‘zbekiston energiya haftaligi 2025”: Energetika sohasida xalqaro hamkorlik va mahalliylashtirish bo‘yicha yangi kelishuvlar imzolandi
2025-05-15 18:05:00 / Yangiliklar

2025-yilning 13-15-may kunlari “CAEx Uzbekistan” koʻrgazmalar saroyida oʻtkazilgan “O‘zbekiston energiya haftaligi 2025” tadbiri doirasida tashkil etilgan Oʻzbekiston xalqaro energetika forumi, “Power Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov, "Tog‘-kon sanoatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi" DM direktori M.Ilxamov ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida xorijiy kompaniyalar vakillari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Xususan, energetika sanoati yo‘nalishida Italiyaning “Asco Pompe” S.r.l. va Rossiya Federatsiyasining “ССТэнергомонтаж” kompaniyalari bilan Mahalliylashtirish markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.
Hujjatlar kelgusida mazkur yo‘nalishda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, texnologiyalar almashinuvi va investitsiya hamkorligini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi hamda sanoatning strategik yo‘nalishlari bo’lgan tog‘-kon sanoati va energetika sohasini mahalliylashtirilgan hamda eksportbop mahsulotlar bilan boyitishga zamin yaratadi.


